Дневник пользователя OwA

OwA
30, Узбекистан

01.01.2011

Hech ham achinmayman men sevganimga,

Javobsiz yursam ham talpinganimga,

Yo'q joyda undi deb zor yonganimga,

So'ng esa indolmay yo'qotganimga.


Mayli, yomon bo'lib meni qiynadi,

Mayli, ko'zin yummay yolg'on so'zladi,

Mayli, muhabbatim qadrim bilmadi,

Mayliga sevganida meni chunadi.


Axir u o'rgatdi menga yashashni,

Dunyoga jilmayib, kulib qarashni,

Yurakda tuyg'usin mangu asrashni,

Mayliga sevganida meni chunadi.


Yolg'izman, lek vasli hamon ko'zimda,

So'zlari yangraydi zor yuragimda,

Kuladi, avvallar jonim olgudek,

Termular ko'z ochsam ketib qolgudek...


 Mayliga azobda o'tar bu umr,

Mayliga endi qalb bir parcha ko'mir,

Unutmam, asrayman o'rganganlarim,

Mayliga tushinar sevganda gulim.... 


30.12.2010

Rost so'zim iwoning sizni sevardim,

Alamda wu so'zni o'wanda aytdim,

Wun4a vaqt men sizsiz faqat yig'ladim,

E bo'ldi, 4o'qinma, man so'ramadim!


Iltimos, ke4iring wu so'zlar u4un,

Man doim yawayman faqat siz u4un,

Unuting, bowlaylik barin baxt u4un,

O' g'al4a hi4 kim san endi man u4un!!!



30.12.2010

Ortiq seni ko'riwni iwon xohlamayman,

Unaqa boqmagin, nazar ham solmayman,

End yolvorsang ham he4 iwonmayman,

Men sensiz o'lmayman, seni bilmayman.


Quvon4ga to'la bu hayotni qo'yib,

Go'yo telbalardek senla yuribman.

Hudoga ming wukur sendan qutilib,

G'am nima bilmasdan kulib yuribman.


Alamda qarama, he4 afsuslanma,

Ko'zingga yow olib yo'lim poylama,

Men aytdim, he4 qa4on senga qaytayman,

Unutdim, sen esa meni bilmayman.... 


19.12.2010

Yolg'izman, lek qalbim quvonchga to'la,

Sensizman, omadim hamon o'zimda,

Tanxoman, mahzunlik yo'qdir ko'zimda,

Aytdimmi unutdim, turdim so'zimda.


Boqmayman, ko'zlaring begona menga,

Wowmasdan nafratim sochaman senga,

Yolg'oning sevgimga sochganing uchun,

Azobsiz o'tkazgan kuning bo'lmaydi!


Azoblar erta kech qalbing tirnaydi,

Ko'zlaring yoshlanib hatto ko'rmaydi,

Yuraging og'rig'idan qo'ling titraydi,

Ammo sababini hech kim bilmaydi.


Lablaring ismimni yod takrorlaydi,

Shamxira ko'zlaring meni chorlaydi,

Topolmay, azobdan chiday olmaydi,

Ammo sababini hech kim bilmaydi.


Yolvorib so'raysan, kechir meni deb,

Azobda yonyapman, qutqar meni deb,

Yoningda bo'lganlar hech tushunmaydi,

Chunki sababini hech kim bilmaydi....


19.12.2010

Tengsiz deb ko'zlaring bilganim uchun, 

O'zidan nur sochgan yuzlaring uchun,

Milsi oy terilgan qoshlaring uchun,

Seni sevmagandim, o'ylamagandim.


Labingdan bo'salar tinmay olgani,

Qo'lingdan to'yguncha tutib qolgani,

So'ng esa armonga sevgim yoygani,

Seni sevmagandim, o'ylamagandim.


Mahzunlik ko'zingdan yo'qolishini,

Qalbingda sevishim yod bo'lishini,

Bir umr tanxoying bo'lib qolishni,

Dildan xohlagandim, shunga sevgandim.


Men deya ko'zingdan yosh to'kishingni,

Erta-kech uxlolmay sog'inishingni,

Umrbod bir menga talpinishingni,

Dildan xohlagandim, shunga sevgandim...Sevgandim....shunga...

 


30.10.2010

Dardkawimdeb yurganim,

Ko'zim o4ib ko'rganim,

Telbalar4a sevganim,

Yolg'oningga iwondim.


Iwon he4 kutmagandim, 

Borim berib sevgandim,

Yow boladay aldanib,

Taqdir ekan...Wodlandim.


Men kutgandim wu kunni,

Gar4i mega ayan4li.

So'ragandim Hudodan

Gulim bo'lsin eng baxtli.


Bo'lsin yana omadli,

Beg'ubor, oltin taxtli,

Yow oqsa gar ko'zidan

Bo'lsin faqat quvon4li.


Sevgani sevsin uni,

Umr tilab har kuni,

Kiprigiday asrasin

Men asragan sevgini...


Gullim he4 o'zgarmasin,

Doim baxti 4orasin,

Bu beg'ubor ko'zlarni

Panohida asrasin....


29.07.2010

Sog'indim, sog'in4dan so'zlayolmayman,

Sog'indim, suyunib he4 yurolmayman,

Sog'indim, sevgimni tong saxar otib,

Sog'indim gulimni, ketdi kun botib.


Sog'idim, jilmayib so'zlagan so'zin,

Sog'indim, g'azabda qaragan ko'zin,

Sog'indim samimiy, sirli kuliwin,

Sog'indim, yonimda har kun yuriwin...


 


14.12.2010

Balki barchasiga meni ayblarsan,

Balki yomonliklar menga tilarsan,

Balki nodon deya rosa kularsan,

Lekin...


Balki sevishingga men arzimayman,

Balki hayolingga sira kelmayman,

Balki umid qilib kutib yashayman,

Lekin...


Balki sevishimdan hazar qilarsan,

Balki so'zlarimdan nafratlanarsan,

Balki telba deya kulib yashaysan,

Lekin...


Balki hotiralar meni ovutar,

Balki sur'atingla har kun tong otar,

Balki do'stlarimning malhami yetar,

Lekin...


Balki ayriliqqa ko'nikolmayman,

Balki seni ko'rib hech kulolmayman,

Balki nafratlanib keta olmayman,

Lekin...


Balki orzularim senla so'nadi,

Balki sensizlikka qalbim ko'nadi,

Balki meni ko'rib rahming keladi,

Lekin...


Balki yo'qligimda qardim bilarsan,

Balki sog'ingancha ko'z yosh to'karsan,

Balki sur'atimga zor termularsan,

Lekin...


Balki bir kun kelib anglab yetarsan,

Balki butun umr yolg'iz o'tarsan,

Balki orzuyingga mensiz yetarsan,

Lekin...

Balki men ham sensiz baxtga yetarman,

Balki ortga boqmay ravon ketarman,

Balki yolg'izligim anglab yetarman,

Lekin...


Balki visolingga to'ymay o'taman,

Balki so'zing eshtmay vafot…


27.12.2010

Ushalmas orzuman endi sen uchun,

Hech ham yosh to'kma endi men uchun,

Yashagin bundan so'ng o'zgalar uchun,

Nafratdir qalbimda bilsang sen uchun.


Hech qachon nafratim senga so'nmaydi,

Ko'zlarim ko'z yoshing ortiq ko'rmaydi,

Faryoding qulog'im endi eshtmaydi,

Qo'llaring cho'zmagin, baribir yetmaydi....  


20.08.2010

Majnundek egildim, tol edim asli,

U4ratdim gulimni sog'in4, kuz fasli,

E'tibor bermasdim he4 bir so'ziga,

Bir bor qaramadim boqib ko'ziga.


Taqdir to'qnawtirdi qayta va qayta,

Go'yo gapir deya, imkon yarata.

Men esa indamay, jim yiroqlawdim,

Qoyilman taqdirimga, yana to'qnawtim.


Sevib, tog'lardanda balandroq u4dim,

Sevib, misliko'rilmagan tuyg'ular qu4dim,

Sevib, quyowdan ham yorqin porladim,

Sevib, owa sevgim har kun 4orladim.


Sevib, umidimni ko'zidan topdim,

Yolg'on so'zlaydigan so'zidan topdim,

Iwon4im kamaymas, mehrim bepoyon,

Seviwim sezilmas, bir unga ayon....

 


← предыдущая 1 2 следующая
Дневники
Дневники обновляются каждые 5 минут